Web versiya: brauzerdan turib ishlash
Endi hech narsa o'rnatmasdan ishlash mumkin — brauzerni ochib hisobingizga kirasiz. Kompyuter begona bo'lsa ham, ma'lumotlaringiz o'zingiz bilan.
Kimlar uchun qulay
Ilova o'rnatish imkoni bo'lmagan yoki shart bo'lmagan holatlar uchun: boshqa birovning kompyuteri, noutbukdagi vaqtinchalik ish, yoki shunchaki tez ko'rib qo'yish kerak bo'lganda.
Brauzer ochiladigan har qanday qurilmada ishlaydi — Windows, macOS yoki Linux farqi yo'q.
Ma'lumotlar bir joyda
Web versiya ham xuddi telefon va desktop ilovasi kabi bitta hisob bilan ishlaydi. Qarz yozsangiz, u uchala joyda ham darhol paydo bo'ladi.
Ya'ni kassada telefon, ofisda kompyuter, yo'lda brauzer — qaysi birini ochsangiz ham bir xil manzarani ko'rasiz.
Xavfsizlik haqida
Begona kompyuterda ishlaganingizdan so'ng hisobingizdan chiqishni unutmang — bu bir bosish, lekin ma'lumotlaringizni himoya qiladi.