NasiyachiNasiyachi
7 kun bepul sinov

Nasiya daftaringizendi telefoningizda

Savdo va xizmat sohasidagi nasiya va qarz hisoblaringizni oson boshqaring. Mijozlar bazasi, to'lovlar tarixi va avtomatik eslatmalar — hammasi bir joyda.

Bugun do'koningizda
  • Qarz yozildi09:12Aziz Karimov — 350 000 so'm, 2 qop un
  • SMS yuborildi09:12Mijozga yangi qarzi va umumiy qarzi haqida xabar bordi
  • To'lov qabul qilindi11:40Dilnoza Rahimova — 200 000 so'm, qoldiq 150 000 so'm
  • Ertaga qaytarish sanasi18:003 ta mijozga ertalab eslatma SMS yuboriladi
Bugungi tushum1 240 000 so'm
Umumiy qarz8 730 000 so'm
Telefon, kompyuter va brauzerda — bitta hisob bilan
  • Android
  • iPhone
  • Windows
  • Web versiya
  • Click
  • SMS
Imkoniyatlar

Barcha kerakli vositalar bir joyda

Nasiyachi sizning raqamli hisobdoringiz — mijozlar, qarzlar va eslatmalarni boshqarish endi eng qulay.

Batafsil

Mijozlar bazasi

Har bir mijozning shaxsiy ma'lumotlari, telefon raqami va nasiya tarixini saqlang va tez toping.

  • Cheksiz mijozlar
  • Ism bo'yicha qidiruv
  • Qarzdorlar ro'yxati

Qarz va to'lovlar

Qarzni izoh va qaytarish sanasi bilan yozing, qisman to'lovlarni qabul qiling — qoldiq o'zi hisoblanadi.

  • Qaytarish sanasi
  • Qisman to'lov
  • To'lov tarixi

Avtomatik SMS

Qarz yozilganda, to'lov qabul qilinganda va qaytarish sanasidan oldin mijozga SMS boradi.

  • 3 xil avto-SMS
  • Tayyor shablonlar

Hisobotlar

Umumiy qarz, qarzdorlar soni, bugungi tushum va oxirgi amallar bir sahifada.

  • Kunlik statistika
  • Oxirgi amallar

Hamma qurilmada

Telefonda, Windows kompyuterda va brauzerda bitta hisob — ma'lumotlar avtomatik sinxronlanadi.

  • Android, iOS
  • Windows, Web

Ma'lumotlaringiz xavfsiz

Barcha ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi va har 3–4 daqiqada zaxira nusxasi olinadi. Ularga faqat siz kirasiz.

SMS eslatmalar

Qarzni eslatish endi sizning ishingiz emas

Avtomatik SMS'larni sozlamalarda bir marta yoqasiz — keyin Nasiyachi mijozlaringizga o'zi xabar beradi. Har bir yuborilgan SMS uchun SMS qoldig'ingizdan bittadan yechiladi.

Batafsil

Qaytarish sanasi eslatmasi

Qaytarish sanasi belgilangan qarzlar uchun sanadan bir kun oldin ertalab 8:00–10:00 orasida SMS yuboriladi.

Qarz yozilganda

Mijozga qarz yozilishi bilan yangi qarzi va umumiy qarzi haqida SMS boradi.

To'lov qabul qilinganda

Mijoz to'lov qilganda qabul qilingan summa va qolgan qarzi haqida SMS boradi.

Qo'lda SMS yuborish

Tayyor shablonni tanlang yoki o'z matningizni yozing — har bir xabarning yetkazilish holati saqlanadi.

NasiyachiSMS

Hurmatli Aziz, sizga 350 000 so'm qarz yozildi. Umumiy qarzingiz: 820 000 so'm.

09:12

Hurmatli Aziz, 200 000 so'm to'lovingiz qabul qilindi. Qolgan qarz: 620 000 so'm.

11:40

Eslatma: ertaga 620 000 so'm qarzni qaytarish sanasi. Rahmat!

08:30
Qanday ishlaydi

Qanday ishlaydi?

Atigi 3 qadam bilan nasiya hisoblaringizni to'liq raqamlashtiring.

  1. 01

    Ro'yxatdan o'ting

    Ilovani yuklab oling va telefon raqamingiz bilan bir daqiqada ro'yxatdan o'ting.

  2. 02

    Mijoz qo'shing

    Mijozning ismi, telefon raqami va nasiya miqdorini kiriting. Fotosuratini ham qo'shishingiz mumkin.

  3. 03

    Nasiyani boshqaring

    To'lovlarni belgilang, qolgan summani kuzating va eslatmalar yuboring — hammasi bir ilova ichida.

Narxlar

Oddiy narx, yashirin to'lovlarsiz

Ro'yxatdan o'ting va 7 kun bepul foydalaning. Keyin o'zingizga qulay muddatni tanlang — uzoqroq muddat arzonroq.

1 oylik

40 000so'mhar oy
  • +5 ta SMS sovg'a
  • Barcha imkoniyatlar ochiq
Bepul boshlash

3 oylik

Ommabop
110 000so'moyiga 36 667 so'm
  • +10 ta SMS sovg'a
  • 10 000 so'm tejaysiz
  • Barcha imkoniyatlar ochiq
Bepul boshlash

6 oylik

−17%
200 000so'moyiga 33 333 so'm
  • +15 ta SMS sovg'a
  • 40 000 so'm tejaysiz
  • Barcha imkoniyatlar ochiq
Bepul boshlash

Har bir tarifda

Tariflar faqat muddati bilan farq qiladi — imkoniyatlar hammasida bir xil. Obunani uzaytirsangiz, qolgan kunlaringiz yo'qolmaydi.

  • Cheksiz mijozlar va qarzlar
  • Qisman to'lovlar va to'lov tarixi
  • Avtomatik SMS eslatmalar
  • Kunlik hisobotlar va statistika
  • Telefon, kompyuter va brauzerda
  • Ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda

SMS paketlar

Avtomatik eslatmalar va qo'lda yuboriladigan SMS'lar uchun. Paket qancha katta bo'lsa, bitta SMS shuncha arzon.

  • 50SMS9 990 so'm200 so'm / SMS
  • 100SMS18 990 so'm190 so'm / SMS
  • 200SMS36 990 so'm185 so'm / SMS
  • 400SMS71 990 so'm180 so'm / SMS
  • 700SMS121 990 so'm174 so'm / SMS
  • +Yana ko'plab paketlarIlovada ko'rish
Click orqali to'lovBalansni ilovaning o'zidan bir necha soniyada to'ldiring.
Humo / Uzcard avto to'lovTez kundaKarta bog'lab, obunani avtomatik uzaytirish.
Foydalanuvchilar
1 000+
Nazorat ostidagi qarzlar
5 mlrd+ so'm
Yuklab olingan
1 800+
Sharhlar

Foydalanuvchilar nima deydi?

Minglab tadbirkorlar va sotuvchilar Nasiyachi bilan ishlarini soddalashtirdi.

“Ilgari daftarcha bilan yozardim, endi hamma narsa telefonda. Mijozlarim to'lovni kechiktirsa, dastur o'zi eslatib qo'yadi. Juda qulay!”
JJasur ToshmatovOziq-ovqat do'koni egasi
“Nasiyachi mening biznesimni o'zgartirdi. Endi qaysi mijozim qancha qolganini bir zumda bilaman. Vaqt tejaladi, pul ham yo'qolmaydi.”
NNilufar RashidovaKiyim-kechak savdogari
“100 dan ortiq mijozim bor. Nasiyachi ularsiz boshqarib bo'lmasdi. Hisobot funksiyasi ayniqsa ajoyib.”
BBobur KarimovQurilish materiallari savdosi
“Xizmatlar uchun nasiya berish ko'payib ketgan edi. Endi hammasi tartibda. Ilovani barcha tanishlarimga tavsiya qilaman.”
SShahlo YusupovaGo'zallik saloni egasi
Yuklab olish

Hoziroq yuklab oling

App Store va Google Play'da mavjud. 1 hafta bepul sinab ko'ring.

Kompyuter uchun ham mavjud — Mac va Windows

Nasiyachi ilova screenshoti
Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Ilovamiz haqida eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.

Nasiyachi bepulmi, narxi qancha?

Ro'yxatdan o'tganingizda 1 hafta bepul sinov muddati beriladi. Sinov tugagach, obuna oyiga 40 000 so'm.

Internet bo'lmasa ham ishlaydimi?

Hozircha yo'q — ilovadan foydalanish uchun internet aloqasi kerak. Oflayn rejim ustida ishlanmoqda.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Barcha ma'lumotlar O'zbekistondagi serverlarda saqlanadi va har 3–4 daqiqada zaxira nusxasi olinadi. Ularga faqat siz kirasiz.

Nechta mijoz qo'shish mumkin?

Mijozlar soni cheklanmagan — istagancha mijoz qo'shishingiz mumkin.

Eslatmalar qanday yuboriladi?

Ilova to'lov muddati yaqinlashganda siz va mijozingizga push-bildirishnoma yuboradi. SMS xizmatini ham yoqishingiz mumkin.

Bir nechta qurilmada foydalanish mumkinmi?

Ha, bir hisobingiz bilan bir nechta qurilmada kiring. Ma'lumotlar avtomatik sinxronlanadi.

Uzoq muddatli obuna arzonroqmi?

Ha. 3 oylik obuna 110 000 so'm (oyiga ~36 700 so'm), 6 oylik obuna 200 000 so'm (oyiga ~33 300 so'm). Har bir obunaga sovg'a SMS'lar ham qo'shiladi.

SMS eslatmalar pullikmi?

Har bir yuborilgan SMS uchun SMS qoldig'ingizdan bittadan yechiladi. SMS paketlar 50 tadan 1500 tagacha — 9 990 so'mdan boshlanadi.

Obunani qanday to'layman?

Ilova ichida balansni Click orqali to'ldirasiz va kerakli tarifni tanlaysiz. Obunani uzaytirsangiz, qolgan kunlaringiz yo'qolmaydi.

Daftarni yoping, Nasiyachini oching

Qarzlar, to'lovlar va eslatmalar tartibda bo'ladi — siz esa savdoga e'tibor berasiz.

Bepul boshlash
  • 7 kun bepul sinov
  • Karta talab qilinmaydi
  • Bir daqiqada ro'yxatdan o'tish